Hurmatli foydalanuvchi!
Sizga Muhammad Al-Xorazmiy nomidagiXToshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg`ona filiali direktoriga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib o`tmoqchimiz.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so`raymiz:
1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo`llasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo`lishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yo`llasangiz yuridik shaxsning to`liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.
2. Alohida e`tibor bering! Tuhmat, haqorat so`zlar ishlatilgan va yolg`on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.
3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o`tmoqchimiz:
• odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma`nosi bo`lmagan takliflar va shunga o`xshash murojaatlar);
• murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo`lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo`lmagan murojaatlar
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo`yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo`lsa, ko`rib chiqilmaydi.
Mazkur shartlarning barchasi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.
Tanishdim